Hurmatli konferensiya ishtirokchilari! Qadrli mehmonlar!
Xonimlar va janoblar! Siz, azizlarni otgan asr boshlarida shakllanib, nafaqat markaziy osiyo mintaqasi, balki butun musulmon olami va turkiy dunyo tarixida chuqur iz qoldirgan jadidchilik harakatini har tomonlama organishga bagishlangan xalqaro anjumanning ochilishi bilan chin qalbdan tabriklayman. Mushtarak tariximizning yorqin sahifalarini tashkil etadigan marifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyatini, ularning oz qimmati va ahamiyatini hamon yoqotmasdan kelayotgan boy merosini hamkor davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, taniqli xorijiy olimlar bilan birgalikda teran tadqiq va targib etish bizning ustuvor vazifamizdir. Bugungi anjumanimizga tashrif buyurgan nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillariga, shuningdek, qozogiston, qirgiziston, tojikiston, turkmaniston, ozarbayjon, turkiya, rossiya federatsiyasi, vengriya, aqsh, germaniya, niderlandiya, shvesiya, yaponiya va boshqa mamlakatlardan kelgan taniqli olim va ekspertlarga ushbu anjumanni tashkil etish tashabbusimizni qollab-quvvatlaganliklari uchun samimiy tashakkur bildiraman.
Aziz dostlar! Oz mohiyat etiboriga kora noyob ijtimoiy-siyosiy fenomen bolgan jadidchilik goyasining shakllanishi va taraqqiyotiga doir dunyoning bir qator mamlakatlarida koplab tadqiqotlar yaratilgan bolsa-da, ushbu harakat namoyandalarining markaziy osiyo hududida milliy davlatchilik va mintaqaviy oziga xoslikni, fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga qoshgan ulkan hissasini konseptual va tizimli asosda atroflicha organish dolzarb masala bolib qolmoqda.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, taraqqiyparvar ajdodlarimizning ilgor goya va qarashlarini tadqiq etish va tizimlashtirish, turkiston jadidlarining milliy davlatchilik rivojidagi orni va tasirini organish, xx asrning birinchi choragida ular tomonidan barpo etilgan davlat tuzilmalarining qonunchilik bazasini tahlil qilish, dunyoviy, huquqiy va demokratik jamiyat qurishga qaratilgan faoliyatiga tarixiy baho berish, yangi ozbekiston va uchinchi renessansni bunyod etishda ushbu merosning mustahkam poydevor bolib xizmat qilishi bilan bogliq masalalar bugungi konferensiyaning asosiy muhokama mavzulari etib belgilangani alohida ahamiyatga ega. Barchamizga ayonki, tilda, fikrda, ishda birlik degan ezgu goya bilan maydonga chiqqan jadid bobolarimiz xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni gaflat botqogidan qutqarishning asosiy yoli bilim va marifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallashda, deb bildilar. Ular shu yolda fidoyilik korsatib, yangi usul maktablari, teatr va kutubxonalar, nashriyotlar ochdilar. Jamiyat azolarining dunyoqarashi va turmush tarzini ozgartirish maqsadida gazeta va jurnallar nashr etdilar. Yoshlarni ilgor davlatlarga oqishga yubordilar. Shu bilan birga, davlat boshqaruvi, sud-huquq, moliya, soliq tizimlari, yer masalalarini tadrijiy asosda tubdan isloh qilish uchun goyaviy va amaliy harakatlar olib bordilar. Bir soz bilan aytganda, ular milliy uygonish, milliy taraqqiyot goyasini royobga chiqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar. Afsuski, osha davrdagi mavjud vaziyat, ijtimoiy tuzum bu ulugvor maqsadlarni amalga oshirishga yol bermadi. Bugungi kunda yangi ozbekistonda inson qadri uluglanadigan adolatli, erkin va obod jamiyat, xalqparvar davlat, farovon hayot barpo etishga qaratilgan islohotlarimiz jadid bobolarimizning ezgu goya va dasturlariga har jihatdan uygun va hamohangdir. Shu bois, xalqimiz ozodligi va vatanimiz ravnaqi yolida aziz jonlarini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida organish hamda targib etishga alohida etibor berilmoqda. Yurtimizda ushbu yonalishda muhim farmon va qarorlar qabul qilinib, har yili 31 avgust qatagon qurbonlarini yod etish kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasi va jamoat fondi, qatagon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, uning qoraqalpogiston respublikasi va barcha viloyatlarda hududiy bolimlari faoliyat olib bormoqda. Ana shu ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida buxoro shahridagi tarixiy maskanda jadidchilik tarixi muzeyi tashkil etilmoqda. Bu murakkab davr tarixiga oid ilmiy va badiiy asarlar, tarixning nomalum sahifalari, qatagon qurbonlari nomli kop jildli xotira kitoblari nashr etilmoqda. Badiiy va hujjatli filmlar, korsatuvlar tayyorlanib, namoyish qilinmoqda. Xalqaro konferensiyalar, korgazmalar va davra suhbatlari, xotira kechalari, seminarlar muntazam otkazilmoqda. Atoqli marifatparvarlarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanmoqda. Ularning aziz nomlari bilan ataladigan yodgorlik majmualari, talim muassasalari, muzeylar, bog va xiyobonlar barpo etilmoqda. Keyingi yillarda ozbekiston oliy sudi tomonidan 1030 dan ziyod mustabid tuzum qatagoniga uchragan vatandoshlarimiz nomi oqlangani tarixiy adolatni tiklash yolidagi yangi qadam boldi. Ayni vaqtda, yurtimizda har yili avgust oyini qatagon qurbonlarini yod etish oyi sifatida otkazish, fidoyi vatandoshlarimiz va ularning avlodlari yashagan va yashayotgan xonadonlarga yodgorlik lavhalari ornatish, ularning vorislari hamda yaqin kishilariga hurmat-etibor korsatish boyicha chora-tadbirlar belgilanmoqda. Mahalla idoralarida qatagon qurbonlari xotirasi burchaklari va mahalla xotira kitoblarini tashkil etish, har yili kamida 100 nafar qatagon qurboni hamda jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatini aks ettiradigan toplam tayyorlash rejalashtirilgan. Ushbu muhim mavzuda arxiv hujjatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun maqsadli grantlar elon qilish, yangi badiiy va publitsistik asarlar yaratish, xorijiy ilm-fan markazlari, fondlar va muzeylar, kutubxonalar bilan hamkorlikni rivojlantirish choralari korilmoqda. Buyuk marifatparvar bobolarimiz tomonidan olga surilgan goyaviy-siyosiy, ijtimoiy-marifiy va huquqiy-axloqiy qarashlar, turli millat va elatlar ortasida bagrikenglik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptirish bilan birga, milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan intilishlar hozirgi murakkab va tahlikali zamonda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat namunasidir. Ularning hayoti va jasorati bugungi tinch va osoyishta kunlarga osonlik bilan erishilmaganini eslatib, milliy istiqlolimizni, jonajon vatanimizni koz qorachigiday asrashga doimo davat etib turadi. Fursatdan foydalanib, taniqli tarixchi olim, aqshdagi michigan universiteti professori, vatandoshimiz temur xoja ogliga mamlakatimiz tarixi, jumladan, jadidlar merosi bilan bogliq noyob hujjatlarni ozbekistonga taqdim etayotgani uchun minnatdorlik bildiraman. Bugungi nufuzli anjuman har birimizni manaviy uygoqlik va ogohlikka chorlab, qalblarimizda ulug ajdodlarimizga xos azmu shijoat tuygularini yuksaltirishga, xalqlarimiz va davlatlarimiz ortasida ozaro dostlik va qardoshlik ruhini, ilmiy-madaniy aloqalarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deb ishonaman. Siz, muhtaram anjuman ishtirokchilariga sihat-salomatlik, yangi ijodiy yutuqlar, konferensiya ishiga esa muvaffaqiyat tilayman.
Shavkat mirziyoyev, O'zbekiston Respublikasi prezidenti