Adabiy gid
ANDIJON VILOYATI TARIXI VA MADANIYATI MUZEYI
Andijon viloyat adabiyot va sanʼat muzeyi – Andijon shahridagi oʻzbek adabiyoti va sanʼati asarlari to‘plangan muassasa. 1989-yil viloyat oʻlkashunoslik muzeyidan ajralib chiqib, mustaqil faoliyat koʻrsata boshlagan. Andijon shahridagi meʼmoriy yodgorlik Ahmadbek hoji mehmonxonasi hamda Ark ichi meʼmoriy yodgorligida joylashgan. 1975-yil Oʻzbekiston Qoʻlyozmalar instituti adabiyot muzeyining Andijon bo‘limi sifatida H. Sulaymonov tashabbusi bilan Andijon jome masjidi majmuasida ochilgan. 1978-yildan viloyat o‘lkashunoslik muzeyi ixtiyorida, tasviriy va amaliy sanʼat bulimi tashkil etildi. Muzeyning umumiy jamgʻarmasi 3718 ta boʻlib, adabiyotlar (2565 ta), tasviriy va amaliy sanʼat asarlari (1000dan ortiq) to‘plangan. Muzeyda respublika va viloyat miqyosidagi turli davrlarda xalq ustalari tomonidan yaratilgan amaliy sanʼat namunalari, tasviriy sanʼat asarlari, sharq mutafakkirlari qoʻlyozma va toshbosma asarlari, hozirgi davr adabiy muhitini aks ettiruvchi materiallar saqlanadi. Jumladan, Bobur boʻlimida Bobur hayoti va ijodiga oid boy materiallar, tarixiy manbalar jamlangan. Jomiyning “Devon”i, A. Bedilning “Kulliyot”i va boshqa qoʻlyozma asarlar diqqatga sazovor.
Muzey manzili: Andijon shahri , Andijon, ko‘chasi ISTIROHAT, 256
BOBUR MILLIY BOGʻI MAJMUASI
Bobur milliy bogʻi majmuasi (“Bogʻi Bobur” deb ham ataladi) — Andijon shahrining janubi-sharqida — Buyuk ipak yoʻli yoqasi (Bogʻishamol)dagi adirda joylashgan yodgorlik majmui (meʼmori Muhammadjon Mirzayev). Bogʻi Bobur yoki Bobur Milliy Bogʻi Andijon shahridan janubi-sharqda, markazdan 8 km uzoqlikda joylashgan. Andijon shahri va atrofdagi aholining oromgoh va ziyoratgoh joyi. Bu yerda Navroʻz va Mustaqillik kunlari xalq sayillari boʻlib oʻtadi.
Tarixi va tuzilishi
Bobur milliy bogʻi majmuasi 300 gektar maydonni egallagan. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro Bobur jamgʻarmasi tashabbusi bilan 1991 – 1992-yillar barpo etilgan. Bog‘ Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi munosabati bilan 1993-yilda foydalanishga topshirilgan. Kobul shahridagi “Bogʻi Bobur”ga qiyosan qurilgan. Bog‘ga kirish uchun sharqona uslubda qurilgan marmar darvoza yoʻlakdan koʻp pogʻonali zinalar orqali yuqoriga koʻtariladi. Birinchi supachada Boburning haykaltarosh Qodirjon Salohiddinov tomonidan yasalgan ulkan haykali oʻrnatilgan. Undan yuqoridagi supachada “Bobur va jahon madaniyati” muzeyi qad koʻtargan. Uning moviy gumbazi ichidagi va devoridagi bezak rasmlarni “Boburnoma” asari mazmunida rassom Ulugʻbek Boltaboyev chizgan. Muzey koʻrgazmalarida Bobur jamgʻarmasi turli mamlakatlarga bir necha bor uyushtirgan ekspeditsiya natijasida toʻplangan noyob tarixiy kitoblar, Bobur asarlarining qoʻlyozma nusxalari, xususan “Xatti Boburiy”da Bobur oʻz qoʻli bilan koʻchirgan Qurʼoni karim nusxalari, Bobur davri qurol-aslahalari, saroy ahli kiyimlari, boburiy podshohlar zarb qildirgan tanga pullardan namunalar qoʻyilgan. Muzeyning ikki yonidan oʻtgan marmar zinali yoʻl yana ham yuqoriga, soʻnggi supaga koʻtariladi. Bu yerda Boburning ramziy qabr sagʻanasi (Kobuldagi Bobur qabri tuprogʻidan olib kelib qoʻyilgan) bor. Ramziy qabrdan yuqoriga ketgan yoʻl bolalar oʻyin maydonchalariga olib chiqadi. Pastdan istirohat bogʻining yuqorisiga osma yoʻl (2 km) ham oʻtkazilgan. Bogʻda hunarmandchilik buyumlari doʻkoni, shuningdek, choyxona va boshqa dam olish maskanlari bor. Alohida dam olish joyida konsert koʻrish sahnasi, kurash va boshqa musobaqalar oʻtkaziladigan maydon qurilgan. Bogʻda 20 xildan ortiq mevali (yongʻoq, uzum, olma, anor, anjir, gilos va boshqalar), 10 dan ortiq manzarali daraxtlar (archa, chinor, eman, chakanda, majnuntol, mirzaterak va boshqalar) ekilgan. Istirohat bog‘ining yuqorisiga uzunligi 2 kilometr bo‘lgan osma yo‘l ham o‘rnatilgan.
Bobur milliy bogʻi majmuasi Bobur va jahon madaniyati muzeyini oʻz ichiga oladi. Muzey eksponatlari orasida Bobur va uning farzandlari, xususan Boburning qiz farzandi Gulbadan-Begim tomonidan yozilgan adabiy asarlar ham mavjud. Shuningdek, muzeyda Bobur avlodlari tomonidan Shayboniyxonlar xonlari va amirlariga yuborilgan diplomatik xatlar va turli xil sovgʻalar mavjud.
Shuningdek, majmuada Boburning uy-muzeyi mavjud boʻlib, u Bogʻishamol tepaligida joylashgan. u yerda “Boburnoma” asaridan olingan maʼlumotlarga koʻra, Boburning buyrugʻi bilan hukmdor shoirning dam olishi va ijod qiloyatgani aks etgan hujra qurilgan.
Muzey ortida zinadan koʻtarilganda, bogʻ markazida, tepalikda Boburning ramziy maqbarasi joylashgan boʻlib, u yerda Agradan (dastlab dafn etilgan) va keyinchalik qayta koʻmilgan Kobul shahridagi qabridan (ikkinchi qabrdan) bir hovuch tuproq (xok) keltirilgan.
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI VILOYAT AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI
Ilm-fanga chanqoq bo‘lgan jamoatchilikning sa’y-harakatlari tufayli Turkiston general-gubernatorining qarori bilan 1907-yilda Andijonnning yangi shahar qismi, shahar parki hududida viloyatda birinchi bo‘lib, faqat 387 nusxa kitob jamg‘armasiga ega bo‘lgan xalq kutubxona-qiroatxonasi tashkil etildi. Lekin kutubxona xizmatidan faqat rus amaldorlari, harbiylar, savdogarlar, tadbirkorlar, ularning oila a’zolari, shuningdek maktabda yangi tashkil etilgan gimnaziya o‘qituvchilarini foydalanishlari uchungina ruxsat berilgan edi.
1909-yilda shahar kutubxonasidagi 1547 nusxa kitobdan 11975 nafar kitobxon foydalanilgan bo‘lsa, 1913 yil boshida esa kutubxona jamg‘armasi 4180 nusxaga oshdi, kitobxonlar 14516 nafarni tashkil etdi.
Andijonda dastlabki ochilgan xalq kutubxona-qiroatxonasi 107 yildan ortiqroq vaqt mobaynida uyezd kutubxonasidan Respublikamizdagi eng yirik mo‘tabar ilm dargohlaridan biriga aylandi. Bobur nomidagi viloyat ilmiy universal kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisiga axborot-kutubxona xizmatlarini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-381 son qaroriga asosan Bobur nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markaziga aylantirildi.
AKM bo‘limlari:
- Ilmiy-uslubiyat bo‘limi;
- Axborot-kutubxona hujjatlarini butlash bo‘limi;
- Axborot-kutubxona hujjatlarini tizimlash va kataloglashtirish bo‘limi;
- Axborot-bibliografiya bo‘limi;
- Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi;
- Axborot texnologiyalar bo‘limi;
- Axborot-kutubxona hujjatlarini saqlash bo‘limi.
AKM sektorlari:
- Yig‘ma elektron katalog sektori;
- Axborot o‘lkashunoslik sektori;
- Huquqiy axborot sektori;
- Umumiy o‘quv zali sektori;
- Kompyuter zali sektori (Elektron o‘quv zali sektori);
- Ma’naviyat-ma’rifat va yoshlar bilan ishlash sektori;
- Abonement sektori.
Dam olish kunlari:Yakshanba
Web-sayt: andijan.natlib.uz
Manzil: Andijon shahar, A.Fitrat ko‘chasi 232 uy.
Telefon:(0374) 223-85-67
- Bobur majmuasi
- Andijon viloyati tarixi va madaniyati muzeyi
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazi
1921-yil 30-iyunda ilk bor Buxoroda shahar kutubxonasining eshiklari kitobxonlar uchun ochildi. Uning ochilishi tashabbuskori Buxoro xalq respublikasi maorif noziri Musojon Saidjonov edi. Tashkil bo‘lgan davrida kutubxona 1187 nusxa kitob va 350 nafar kitobxonga ega edi. Shahar kutubxonasi Buxoro amirligining Amir Olimxon madrasasi huzuridagi huquqshunoslik maktabi kutubxonasi negizida tashkil etilgan. Kutubxona tashkil etilganining dastlabki yillarida asosiy e’tibor kitob fondini to‘plash va aholini muntazam kitobxonlikka jalb etishga qaratilgan. Kutubxonaning kitob fondi davlat tomonidan ajratilgan vositalar va pullik xizmat ko‘rsatish hisobidan to‘ldirilgan. Kutubxona shahar aholisidan qo‘lyozma asarlar va kitoblar yig‘a boshlagan. 1938 yilda Respublika xalq maorifi nozirligi qarori bilan eski Buxoro markaziy shahar kutubxonasining nomi Buxoro viloyat kutubxonasi deb o‘zgartirilgan va unga buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino nomi berilgan.
Ish tartibi: Seshanbadan – Yakshanba kunlari 9.00 dan 18.00 gacha
Dam olish kunlari: Dushanba
Web-sayt: bukhara.natlib.uz
Manzil: 210000, Buxoro sh. I. Mo‘minov ko‘chasi 6-uy..
Telefon: (8365) 223-22-23
FAYZULLA XO‘JAYEV UY MUZEYI
Fayzulla Xoʻjayev uy-muzeyi yoki Fayzulla Xoʻjayev memorial muzeyi (Eski nomi: Boy savdogar xonadoni uy-muzeyi – Oʻzbekistonning Buxoro shahrida joylashgan, davlat arbobi Fayzulla Xoʻjayev nomidagi memorial inshoot. Ushbu muzey turar joy binosi ichida tashkil etilgan. Maydoni – 3 gektar. Tarkibi ikki qismdan – erkaklar va ayollar uchun moʻljallangan ichki hovlilardan iborat. Xoʻjayevning qatagʻonida soʻng, ushbu obida biroz muddat qarovsiz holga kelib qolgan. 2023-yilda ushbu obyekt qayta rekonstruksiya qilindi hamda ichki va tashqi sayyohlar tashrifi uchun ochiq hisoblanadi.
Uy muzey tarixi
Hovli XIX asr oxirida F. Xoʻjaevning otasi Ubaydullaxoʻja tomonidan sharq meʼmorchiligi anʼanalari asosida bunyod etilgan. Ushbu uy Fayzulla Xo‘jayev otib tashlangach biroz vaqt qarovsiz qolib ketgan. Binosi esa maʼlum vaqt davomida turli mahalliy tashkilotlar uchun boshpana vazifasini oʻtab kelgan.
Buxoro shahrining qadimiy shahar qismi boʻlmish “G‘oziyon” mahallasida XIX asrning oxirlariga kelib yirik uylardan biri qurilgan. Hovli uch qismdan iborat boʻlib, unda ayollar hovlisi – hovli durun, erkaklar hovlisi – hovli berun hamda xoʻjalik hovlisi mavjud boʻlgan. Hozirgi muzey koʻrgazmasi erkaklar va ayollar hovlisidan iborat.
Toshdan qurilgan keng zinapoyalar orqali ichkari hovliga kirish mumkin. Xonalarning ostki qismida katta yertulalar mavjud. Har bir xonaga daxliz orqali kiriladi va har bir xonada kichkina xona mavjud bo‘lib, bu uycha „madon“ deb ataladi. Madondan choʻmilish va kiyim almashtirish maqsadida foydalanib kelingan. Har bir uyning naqshi qunt va mahorat bilan ishlangan, xonalarning naqshi boshqasinikiga oʻxshamasligi bilan ajralib turadi, mexroblarda guldon ichidagi gullar tasvirlangan. Ustalar miniatyuradan tortib katta ornamentlarga qadar turli tasvirlardan foydalangan. Rasmlarning nozikligi, ranglarning tiniqligi, tabiiy holda ishlatilishi faqat buxorolik ustalarga xos bo‘lgan. Har bir xonaning mexrobli ravoqlar va tokchalar mavjud va shu tokchalarda katta va kichik chinni idishlar saqlab kelingan. Qishki uyning koʻrgazmasida oʻsha vaqtda yashagan ayollarga xos turmush tarzi tasvirlangan: XIX asrda ishlangan gilam, turli xil buyumlar va sandal mavjud. Uzun qishki sovuq kechalarida ayollar sandali atrofida oʻtirishib, Bedil, Saʼdiy Sheroziy, Mashrab sheʼrlarini oʻqib berishgan. Ushbu uyda istiqomat qiluvchi ayollar ko‘p vaqtlarini kashtachilik, mehmon kutish bilan o‘tkazishgan. Xonada xorijiy davlatlardan keltirilgan buyumlar ham mavjud. O‘rta Osiyoda temir yo‘l o‘tgani munosabati bilan savdogarlar uyida mahalliy hunarmandlarga tegishli bo‘lmagan, yaʼni Yevropadan keltirilgan buyumlar paydo boʻla boshlagan. Bu buyumlar fabrikada hamda zavodlarda ishlab chiqarilgan. Bu buyumlar qandillar, lampa shishalar, katta yotoq (krovat), rus samovarlar, kumush qoshiqlar va pichoqlar – Rossiya va Germaniyada ishlab chiqarilgan. Qo‘l soatlar, devoriy soatlar, grammofon plastinkalar esa Polsha, Fransiya, Shveysariyadan keltirilgan. Asosiy katta va kichik tokchalar xalq orasida o‘zining chiroyi bilan mashhur boʻlgan va Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Germaniyadan keltirilgan chinni buyumlar qoʻyilgan. Ularning umumiy soni 120 tadir. Bular orasida guldon, choynak, kosa, piyolalar ham mavjud bo‘lib, ularda gullar, jonivorlar, odamlar, meva va sabzavotlar aks ettirilgan.
Uy muzey tarkibi
Hozirgi vaqtda muzey ko‘rgazmasi 4 qismdan iborat:
1. Uy-muzey tarixi.
2. Boy savdogarning hayot tarzi.
3. Oshxona buyumlari ko‘rgazmasi.
4. XIX asr oxiri va XX boshlari “Buxoro — savdogar va hunarmandlar shahri” ko‘rgazmasi boʻlimi.
Uy muzeydagi eksponatlar
Ushbu memorial inshoot oʻz ichida 500 dan ziyod eksponatlarni saqlab turgani taʼkidlangan:
- “XIX—XX asrlar boy savdogarining hayoti” etnografik ekspozitsiyasi;
- O‘zbekiston davlatining atoqli siyosiy arbobi — Fayzulla Xo‘jayev hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ekspozitsiya;
- “Boy savdogar uyining oshxonasi” koʻrgazmasi;
- “Buxoroning tashqi va ichki savdosi XIX — XX asrlar”.
- XIX asrdagi Rossiyaning Gardner va Kuznetsov zavodlaridan uy anjomlari;
- Buxoroda mis va kumushdan yasalgan uy-roʻzgʻor buyumlari (XIX—XX asrlar);
- XIX asr sharq musiqa asboblari;
- XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi buxoriylarning shoyi va baxmal kiyimlari.
BUXORO ARKI
Buxoro arki — Oʻzbekistonning Buxoro shahridagi qadimiy ark; atrofidagi maydon sathidan qariyb 20 metr balandlikda koʻtarilgan va taxminan 4 gektar maydonni egallagan monumental qal’a. Qalʼa Buxoroning eng qadimiy meʼmoriy va arxeologik yodgorligi hisoblanadi. Bu qal’a tepalikni tashkil etgan koʻp asrlik vayronagarchilik qatlamlariga ega shaharning eng qadimiy qismi hisoblanadi.
O‘z vaqtida Registon maydoni ustida qad ko‘targan Ark buyuklik, qudrat va o‘tib bo‘lmaslik timsoli bo‘lgan. Ark devorlaridan birida bir vaqtlar Buxoro amirligidagi qudrat ramzi bo‘lgan katta charm qamchi osilgan.
Buxoro arki tarixi
Ark dastlab milloddan avvalgi I asrda qurilgan. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari — buxorxudotlar yashagan. Somoniylar davrida (IX—X asrlar) qayta qurilib devor va burjlar bilan mustahkamlangan. Qoraxoniylar davrida (XI—XII asrlar) va moʻgʻullar bosqinchiligi vaqtida (XIII asr) ark bir necha bor vayron qilingan.
Hozirgi qiyofasi asosan Shayboniylar sulolasi davri (XVI asr)da shakllangan.
1990-yilda arxeologlar tomonidan olib borilgan qazish ishlari natijasida Amir mehmonxonasi hisoblangan xonaqoh va uning atrofidagi hujralarning poydevorlari, hovli ichkarisidagi supa, toshnov, tazar, sandal va yaxxonalar ochildi. Hammom tuzilish jihatdan murakkabligi yer osti tazarlari umumiy bir tarmoqqa boʻysundirilganligi, shahar tashqarisidagi zahkashga qadar choʻzilganligi, toʻrt tomonidagi gulax (oʻtxona)lari doimiy ravishda bir xil issiqlik berib turishi, yaxxonada muzni to kech kuzgacha saqlay bilishganligi aniqlandi.
Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt joylashgan hovli taʼmirlanib, oʻz holiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi. “Goʻriyon” darvozasi qayta tiklandi va boshqa obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yer sathidan 2,5-3 m chuqurlikda gumbazsimon yer osti yoʻli borligi aniqlangan. Arkda Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey qoʻriqxonasi joylashgan.
Buxoro arkining fotogalareyasi:
https://uz.advisor.travel/poi/Buxoro-arki-17057/photos
- Buxoro arki
- Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyi
AHMAD FARG‘ONIY NOMIDAGI VILOYAT AXBOROT KUTUBXONA MARKAZI
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi 1899 yilda, xalq muzeyi bo‘limi huquqida ochilgan, u vaqtda kutubxona jamg‘armasi 853 nusxadagi kitobdan tashkil topgan bo‘lib, kitobxonlar doirasi faqat shahar ziyolilaridan iborat bo‘lgan. 1956- yildan boshlab Farg‘ona viloyati tarixi, iqtisodi, madaniyati va atoqli arboblari hayotiga oid o‘lkashunoslik materiallarini yig‘ish bo‘yicha faol harakatlar boshlangan va hozirda 1500000 dan ziyod noyob axborot kartochkalariga ega o‘lkashunoslik kartotekasi tashkil etilgan.
Kutubxona 1970-yilda 500 ming nusxaga mo‘ljallangan uch qavatli maxsus jihozlangan va har tomonlama qulay binoga ko‘chib o‘tdi. Shu yili kutubxonaga Farg‘onani jahon ilm ahliga tanitgan buyuk vatandoshimiz, IX asrda yashab ijod etgan o‘zbek olimi Ahmad Farg‘oniy nomi berilgan. 1977- yili shaharda bo‘lib o‘tgan sel ofati oqibatida kutubxonaning eng pastki qavatida joylashgan kitob saqlash bo‘limi suv ostida qoldi. 300 ming nusxadan iborat kutubxona jamg‘armasining uchdan bir qismi, asosan XIX asr boshida chop etilgan nodir adabiyotlarning bir necha mingi, 1920-1930 yillarda bosmadan chiqqan gazeta to‘plamlari va boshqa moddiy boyliklar yaroqsiz ahvolga keldi. Kutubxona jamg‘armasini qaytadan to‘ldirish zaruriyati tug‘ilib, keyingi yillar davomida bu vazifa ado etilmoqda.
Bugungi kunda Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi O‘zbekistonda yetakchi kutubxonalardan biri hisoblanadi. Kutubxona dunyodagi 50 dan ortiq tilda va turli axborot tashuvchilardagi 350 ming nusxaga yaqin universal jamg‘armaga ega. Kutubxonada zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanib, 700 mingdan ortiq kitobxonga xizmat ko‘rsatuvchi 14 tarkibiy xizmat (7 bo‘lim va 7 sektor) faoliyat yuritadi.
AKM veb sayti: https://fergana.natlib.uz/
ERKIN VOHIDOV MEMORIAL MUZEYI
2019-yilda betakror Farg‘ona vodiysidagi Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov memorial muzeyi ochilgan. Muzey shahar markazidagi “Ijodkorlar bogʻi” milliy madaniyat va istirohat bogʻida joylashgan boʻlib, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, dramaturg, jamoat va davlat arbobi Erkin Vohidov nomi bilan atalgan. Muzeyda Erkin Vohidovning hayoti va ijodi, tug‘ilgan joyi, bolalik va o‘qish davri, ilk ijodiy ishlari, shoir va yozuvchi sifatida shakllanish jarayonlari, davlat va jamiyat faoliyatidagi yutuqlarini aks ettiruvchi eksponatlar namoyish etiladi.
Muzeyda 500 dan ko‘proq eksponatlar mavjud. Undan adib hayoti davomida o‘zi foydalangan shaxsiy noyob buyumlar ham o‘rin olgan. Qolaversa, Erkin Vohidov muxlislari tomonidan berilgan kitoblar, buyumlar, oilaviy fotosuratlar, kiyim-kechaklar va suvinerlar ham muzeyda eksponatlari tarkibidan joy olgan.
HAZINIY UY MUZEYI
O‘zbekistonda milliy mustaqillikka erishilishi bilan hayot va jamiyat hayotining barcha sohalarida o‘zgarishlar ro‘y berdi, ayniqsa o‘zbek madaniyati tarixini, ajdodlar merosi va ularning yutuqlari haqida o‘rganish va bilishga ehtiyoj kuchaydi.
Mustaqillik yillarida unutilgan nomlar qayta tiklandi, ularning yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. Bu ismlardan biri Uchko‘prik (Qo‘qon) shoiri, o‘zbek she'riyatining klassigi Ziyavuddin Xaziniy. Shoirning yubileylari 1992 yilda nishonlana boshlandi. Bu 125 yilligi, 130 yilligi, 140 yilligi va 150 yilligi. Yubileylar shoirning vatanida bo‘lib o‘tdi. Muzey dastlab Kattakenagasse shahrida 1996 yilda ochilgan. Muzey ochilgan paytda eksponatlar soni 150 tadan ortiq edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-13 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifidan so‘ng, uning nomidan madaniyat va san'at sohasida obodonlashtirish va rivojlantirish maqsadida, shoir yashagan joyda, uning uchun maxsus qurilgan Kattakenagasda yangi uy-muzeyi ochildi. xaziniylarning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan.
Muzey Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining bo‘limi sifatida faoliyat yuritadi. Muzey joriy yilning may oyining birinchi kunlarida ilk tashrif buyuruvchilar bilan uchrashdi.
Shoirning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy ekspozitsiya Xazin maqbarasi joylashgan hovlida qurilgan bir qavatli uyning zalida joylashgan.
Uy-muzeyning tarkibi atrofdagi tabiat bilan chambarchas bog‘liq. Hovlida ko‘plab manzarali daraxtlar va butalar ekilgan. Hovli juda ajoyib va chiroyli.
JAHON OTIN UVAYSIY UY-MUZEYI
Qoʻqon xonligi saroyida Mohlaroyim Nodira boshchiligidagi xotin-qizlarga sheʼriyat ilmidan ustozlik qilgan. Uvaysiy Qoʻqon adabiy muhitining isteʼdodli vakillaridan biri hisoblangan. Uning uy-muzeyi 2006-yilda tashkil etilgan boʻlib, u yerdagi eksponatlar 1781–1845-yillar Margʻilon va Qoʻqonda yashagan “Jahonbibi”, “Uvasiy”, “Vaysiy” yoki “Uvaysa” nomlari bilan dong taratgan Uvaysiyga tegishlidir.
Jahon otin Uvaysiy hayoti va ijodiga oid materiallar uning uy muzeyida mujassamlangan. Muzeyda shoira hayoti va ijodiga oid koʻplab qimmatbaho koʻrgazmalar mavjud. Ular Markaziy Osiyo madaniyati hamda tarixiga yaqindan qiziquvchilar uchun ham qimmatli manba hisoblanadi. Ekspozitsiyada Jahon Otin Uvaysiyning shaxsiy buyumlari va shu davrni oʻzida aks ettiruvchi adabiy muhit namoyish etilgan. Shoira ijodini oʻrganayotgan izlanuvchilar uchun noyob manbalar, koʻplab tazkiralarni ham uchratish mumkin. Muzeyda 400 dan ortiq eksponat mavjud boʻlib, ular asosan, XIX asrga doir oʻzbek adabiyotini oʻzida gavdalantirgan. Shoira Uvaysiyning shaxsiy buyumlari: sandiqlar, sharflar, ustki liboslar, poyabzallar, bosh kiyimlar, musiqa asboblari, vazalar, koʻzalar, laganlar va boshqa oshxona anjomlarini shu muzey eksponatlaridan topishingiz mumkin. Shuningdek, Uvaysiy va boshqa oʻzbek yozuvchi va shoirlarining XVIII – XIX asrlarda yozgan asarlari va qoʻlyozmalaridan rasmlar, fotosuratlar, oʻz qoʻllari bilan yozgan sheʼrlaridan asl parchalar ham shular jumlasidandir.
XUDOYORXON SAROYI
Qo‘qonning haqiqiy marvaridi va shaharning asosiy tarixiy diqqatga sazovor joylaridan biri - Xudoyorxon saroyi, uni xalq orasida "Qo‘qon oʻrda" deb ham atashadi.
Tarixdan ma'lumki, bir yarim asrdan ko‘proq vaqt mobaynida Qo‘qon xonligida 29 dan ortiq xon oʻtirgan, ammo eng qudratli va esda qolarli jihati shundaki, Xudoyorxon 1845-yilda 12 yoshida taxtga o‘tirgan.
1871-yilda Xudoyarxon katta saroy qurdiradi. Bu ulug‘vor majmua yettinchi xon saroyi bo‘lgan va xon g‘oyasiga ko‘ra Qo‘qon hukmdorining qudratini eslatish uchun avvalgi saroylardan kattaligi va muhtasham bezaklari bilan ustun bo‘lishi kerak edi.
Dastlab binoning uzunligi 138 metr va kengligi 65 metr bo‘lib, 4 gektar maydonda joylashgan edi. Saroy uch metr balandlikda ko‘tarilgan, uzun kirish yo‘li asosiy kirishga olib boradi. Bu yerda, rampaning etagida, ilgari quyma temir va mis zambaraklar bor edi. Ulkan o‘ymakor eshiklar ustidagi portalda arab tilida "Buyuk Sayid Muhammad Xudoyorxon" degan yozuv bor. Saroy atrofini chiroyli o‘yilgan panjara o‘rab olgan. Majmuaning o‘ng tomonida, Farg‘ona ipaklari ranglarini eslatuvchi naqsh bilan bezatilgan, keramika bilan o‘ralgan yuzli minora bilan bezatilgan.
Saroy qurilishiga xonlikning va unga qo‘shni mulklarning eng yaxshi ustalari jalb qilingan. Qurilishni Qo‘qonning iste'dodli me'mori Mir Ubaydullo boshqargan. Qadimgi keramika markazi bo‘lgan Rishtonning eng yaxshi hunarmandlari saroyda pardozlash ishlari bilan shug‘ullanishgan.
Dastlab saroyda 119 ta xona bor edi, ular ochilganda ganch o‘ymakorligi va rang-barang bezaklar bilan bezatilgan edi. Maxsus joyni taxt xonasi va xonning qabul xonasi egallagan; xazina, qirol xazinasi va harbiy arsenal yaqin joyda joylashgan. Uning bolalari uchun xonalar va xon va uning xotinlarining shaxsiy xonalari ham juda bezatilgan edi.
Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligi bosib olingandan so‘ng Xudoyorxon va uning oilasi Toshkentga jo‘natildi. Uning mol-mulkining katta qismi musodara qilindi va keyinchalik talon-taroj qilindi. Bugungi kunda bir nechta jahon muzeylarida siz Qo‘qon xonligining ba'zi eksponatlarini topishingiz mumkin. Ulardan biri Xudoyorxonning qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan taxti Sankt-Peterburg Ermitajida saqlanadi.
Saroydan hozirgi kungacha atigi 2 ta hovli va 19 ta xona saqlanib qolgan; qudratli xonlikning sobiq ulug‘vorligi haqida hikoya qiluvchi mahalliy tarixiy muzey bu yerda joylashgan.
- Erkin Vohidov memorial muzeyi
- Xudoyorxon o‘rdasi
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI
Qoraqalpog‘istonda kutubxona tarmoqlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot-kutubxona markazi) To‘rtko‘l (Ilgari Petroaleksandrovsk bo‘lgan) shahar kutubxonasi bo‘lib, XIX- asrning 90-yillari tashkil etilgan. Uning kitob jamg‘armasi odamlarning shaxsiy kutubxonalaridan keltirib bergan kitoblaridan tuzilgan. 1907-yil 7-martda «Shahar ommaviy kutubxona» degan rasmiy maqomga ega bo‘lgan. Umumiy tashkiliy yig‘ilishda uning ustavi tasdiqlangan va 41 ta a’zo tarkibida qo‘mita saylangan. Kutubxona shahar xalqiga o‘zining kitoblaridan, gazeta-jurnallaridan foydalanish huquqiga ega ekanligini tavsiya etgan. Kutubxonaning mablag‘I – shahar nafaqalaridan, kutubxonaning a’zolari va obunachilar to‘lovlaridan, ayrim tashkilotlarning va odamlarning xayriya yordamidan yig‘ilgan.
Ustav bo‘yicha kutubxonaning a’zolari va obunachilar yoshi yetmaganlar, o‘quv yurtlarining o‘quvchilari, past tabaqali odamlar va sud orqali erki cheklangan odamlardan boshqa hamma bo‘lishi mumkin bo‘lgan.
1912-yili kutubxona jamg‘armasi jurnallarni hisoblaganda 3300 nomdan iborat bo‘ldi. Kutubxonaning ochilganligiga 100 kun to‘lganda unga 697 ta odam keldi va uylariga o‘qish uchun 2032 ta nomda adabiyotlar oldi. (eslatma: hamma o‘quv yurtlarning bo‘limlarida 1916-yilda hammasi bol‘ib 1647 ta kitob bo‘lgan).
1919-yil aprelda Ishchilar va soldatlar deputati kengashida kutubxonani milliylashtirish bo‘yicha burungi podsho amaldorlaridan (chinovnikleri) va yirik ishlab chiqarish sanoat egalaridan komissiya tuzildi. May oyida To‘rtko‘ldagi Novikova shaxsiy kutubxonasini hamda avvalgi podsho administratsiyasi kutubxonasi va boshqa yig‘ilgan kitoblar komissiya tomonidan milliylashtirildi. Shahar kutubxona bazasida To‘rtko‘l xalq (keyin esa markaziy (respublika) Xorazm) kutubxonasi bo‘lib qayta tuzilgan, kutubxona yetti mingdan ortiq kitob va boshqa nashrlarga ega bo‘ldi.
Hozirgi kunda kutubxona 220000 tadan ortiq kitob jamg‘armasi, 24770 ta jurnal, 3816 ta gazeta to‘plamiga ega, kitobxonlar soni 12000 taga yetdi. Kutubxonada 1941-yildan boshlab saqlanayotgan mahalliy gazetalar «Qыzыl Qaraqalpaqstan» va hozirgi kungacha 593 ta nomdagi gazeta va jurnal saqlanmoqda.
O‘rta Osiyo tarixi va adabiyotiga doir bosmalardan kitobxonlar foydalanishmoqda, ularning orasida Ibn-Sinoning «Tib qonunlari» (XVI asr) Alisher Navoyi, Firdavsiy, Berdaq, Ajiniyaz asarlari, shuningdek «Qыrыq qыz» «Alpamыs», «Bahadыr», «Yedige» dostonlari, ensiklopediyalar, ko‘p tomlik asarlar tarixiy hujjatlar kitob jamg‘armadan o‘rin olgan.
Ish tartibi: 9-00 dan 19-00 gacha
Dam olish kunlari: Yakshanba
Web-sayt: nukus.natlib.uz
Manzil: Nukus shahri, Muqumiy ko‘chasi, 48-uy
Telefon: (61) 222-57-76, 224-79-3
QORAQALPOQ ADABIYOTI TARIXI DAVLAT MUZEYI
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi – Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi qoraqalpoq xalqining tarixi, etnografiyasi va madaniyatiga oid muzey boʻlib, hozirgi qoraqalpoq adabiy tilining asoschisi qoraqalpoq xalqi shoiri Berdaqning nomi berilgan. Muzey 1998–yilda Qoraqalpoq davlat universiteti qoshida tashkil etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998–yil 20–maydagi “Berdaq (Berdimurod) Qargʻaboy oʻgʻli tugʻilgan kunining 170 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan muzey Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoshida tashkil etilgan.
1998–yilda muzey uchun maxsus umumiy maydoni 1,26 m² boʻlgan bitta katta va oltita kichik gumbazli, uch qavatli bino qurildi. Loyiha muallifi respublikada taniqli meʼmor, Berdaq nomidagi davlat mukofoti laureati Oʻrinbay Toreniyazov.
Muzeyning rasmiy ochilishi 2002–yil 1–martda boʻlib oʻtgan.
2021–yil 13–aprelda muzey Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi deb oʻzgartirildi.
Muzey kolleksiyasi
Koʻrgazmadan koʻzlangan asosiy maqsad qoraqalpoq xalqining qadim zamonlardan to hozirgi kungacha boʻlgan hayotini aks ettiruvchi yozma adabiyot namunalari, qoraqalpoq xalq adabiyoti, xalq ogʻzaki ijodi, qoʻlyozma merosi, mumtoz qoraqalpoq adabiyoti va XX—XXI asrlardagi qoraqalpoq adabiyoti namoyandalarining asarlarini namoyish etishdan iborat.
Muzey fondining asosini arab, fors–tojik, turk va eski qoraqalpoq tillaridagi qoʻlyozmalar, bosma kitoblar, shuningdek, madrasalarda foydalaniladigan kitoblar tashkil etadi. Bundan tashqari, muzeyda qoraqalpoq mumtoz adabiyoti namoyandalariga oid hujjatlar, ularning ijod namunalari, shoir Berdaq hayotiga oid ashyolar, yana, qoraqalpoq xalqining oʻtmishidan hikoya qiluvchi buyumlar, milliy libos namunalari, XIX—XXI asrlarda qoraqalpoq adabiyotining rivojlanishi, qoʻshni xalqlar bilan munosabatlarini aks ettiruvchi fotosuratlar, tarixiy shaxslarning fotosuratlari va portretlari, ilmiy ishlar saqlanmoqda[4].
Bugungi kunga qadar muzey fondida respublikaning barcha viloyatlaridan olingan 10 mingdan ortiq ashyolar mavjud.
Muzeyda ikkita boʻlim mavjud:
- muzey qoʻlyozma merosi boʻlimi;
- XIX asr qoraqalpoq adabiyoti boʻlimi.
Muzey ekspozitsiyasi
Muzey koʻrgazmasining tuzilishi:
1. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat tarix–adabiy muzeyi koʻrgazmasi shoir Berdaq hayoti va ijodi, uning nomidagi muzeyning tashkil etilishi tarixiga bagʻishlangan.
2. „Qadimgi qoraqalpoq adabiyoti“ koʻrgazmasi qoraqalpoq adabiyotining kelib chiqish tarixini yoritadi. Xoja Ahmad Yassaviy (X—XI asrlar), Hakim ota Sulaymon Boqirgʻoniy, shoir va olim Soʻfi Olloyor ijodini yoritiladi. Koʻrgazmada qoraqalpoq xalqining madaniy taraqqiyotiga faol taʼsir koʻrsatgan oʻrta asr turkiy adabiyotining mashhur namoyandalari ham taqdim etilgan.
3. „Xalq sanʼati durdonalari“ koʻrgazmasi yozma madaniyat, folklor va xalq amaliy sanʼatigacha boʻlgan ijod namunalariga bagʻishlangan. Qoraqalpoq xalq dostonlari, ertak, matal va matallardan, xalq qoʻshiqlaridan namunalar namoyish etiladi.
4. „Qoraqalpoq soʻzining genezisi“ koʻrgazmasida epos, folklor atama va qoʻshiqlardan iborat. Ular, asosan, jirov, baxshi, hikoyachilar tomonidan ijro etilan.
5. „Yozma merosimiz — qoʻlyozmalar“ koʻrgazmasi. Ushbu zalda qoraqalpoq xalqi adabiyoti tarixiga oid nodir nusxalar namoyish etilib, tashrif buyuruvchilarni qadimiy arab qoʻlyozmalari va toshbosma kitoblar bilan tanishtiriladi, ularning mazmun–mohiyati tushuntiriladi.
6. „Mustaqillik“, „Maʼnaviy qadriyatlar va milliy oʻzlikni anglash“ koʻrgazmalari Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida mustaqil rivojlanishining tarixiy voqealari, islom dini haqida, xalq tarixi va milliy qadriyatlaridan hikoya qiluvchi eksponatlar joylashtirilgan
7. „Berdaq zali“ koʻrgazmasi. Ushbu zaldagi koʻrgazma „Dunyo menga hayrat bilan qarasin“ deb nomlangan boʻlib, Berdaq davriga oid tarixiy manbalar, shoirning yashash joyi xaritasi, uy–roʻzgʻor buyumlari va bezaklari, qoraqalpoq xalqi tomonidan saqlanib qolgan milliy kiyim–kechak namunalari oʻrin olgan. Berdaq avlodlari, uning kiygan choponi, madrasada dars bergan kitoblari, Berdaq avlodlarining nasabnomasi va ular haqidagi maʼlumotlar, Berdaq ijodini oʻrgangan filolog olimlarning monografiyalari, Berdaq asarlari toʻplamlari, rassomlarning uning asarlari asosida chizgan rasmlari joy olgan.
8. „Oʻtov“ koʻrgazmasida qoraqalpoq oʻtovining dekorativ–amaliy sanʼati (ayollar ijodiyoti) namunasi sifatidagi farq va xususiyatlari, ijtimoiy va maishiy xususiyatlari koʻrsatilgan.
9. „Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureatlari“ koʻrgazmasi (mukofot 1967–yilda tashkil etilgan). Adabiyot sohasidagi ushbu mukofot ilk bor Abboz Dabilovning „Bahodir“ dostoni uchun berilgan. Keyinroq A.Tarkovskiy qoraqalpoq qahramonlik dostoni „Qirq qiz“ni rus tiliga, S. P. Severtsev „Shariyar“ xalq dostonini rus tiliga tarjima qilgani uchun, Muhammad Ali „Mastpodsho“ dostonini oʻzbek tiliga tarjima qilgani va arxitektor O. Toreniyazovga Berdaq nomidagi Milliy muzey loyihasini tayyorlagani uchun berilgan.
10. XIX asr mumtoz qoraqalpoq adabiyoti koʻrgazmasida XVIII—XIX asrlarda yashab oʻtgan Jiyen Jirov, Kunxoʻja, Berdaq, Ajiniyoz, Oʻtesh shoirlar haqida maʼlumotlar berib, ularning hayot yoʻllari bilan tanishtiriladi. Koʻrgazmada asarlardan tashqari ular haqida yozilgan fikr–mulohazalar, qoʻlyozma kitoblar, portretlar, fotosuratlar, shuningdek, ilmiy izlanishlar, fotosuratlar va anjuman materiallaridan namunalar oʻrin olgan.
11. XIX asr oxiri – XX asr boshlari adabiyoti. Ushbu koʻrgazmada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotining gullab–yashnagan davrida yashab ijod etgan Saribay, Gulmurot, Umar, Qulmurot, Qozoqbay, Xudaybergen, Ayapbergen, Qozi Maolik, S.Majitovlar ijodi namoyish etiladoa, ularning ijodiy faoliyati, fotosuratlari, qoʻlyozmalari, shuningdek, asarlari asosidagi chizilgan suratlarga oid turli maʼlumotlar, matbuotda chop etilgan materiallar, ilmiy tadqiqotchilarning ijodiy ishlari joy olgan.
12. XX — XXI asr boshlari qoraqalpoq adabiyoti. XX asrda yaratilgan adabiy asarlar oldingi davr namunalaridan farqli oʻlaroq, alohida kitoblar holida nashr etilishiga erishilgan va qoʻshni xalqlar orasida keng tarqaldi. Koʻrgazma ana shunday nashrlarning ommaviyligi ortib borayotgani, „Qoraqalpogʻiston xalq shoiri“ va „Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi“ unvonlari taʼsis etilganiga, 1967–yilda esa Berdaq nomidagi davlat mukofoti taʼsis etilganiga bagʻishlangan. Bu davr adabiy merosi ham oʻrganilib, filolog olimlarning tadqiqotlari, ular haqidagi maʼlumotlar kiritilgan. XXI asr boshlari qoraqalpoq adabiyotining gullagan davri boʻldi, shoir va yozuvchilarning asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilinib, qator xorijiy mamlakatlarda nashr etildi. Qoraqalpoq adiblari ham jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻz ona tiliga tarjima qildilar. Bu yerda „Oʻzbekiston xalq shoiri“, „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“, „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni, „Doʻstlik“ ordeni, „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan adiblar koʻrsatilgan. Bu mukofot egalarining ijodi, ularning asarlari, rasmlari, shaxsiy qoʻlyozmalari va buyumlari haqida ham maʼlumotlar berilgan.
I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyi
I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi - respublikadagi yirik muzeylardan; Nukus shahrida 1966 yilda tashkil topgan, 1984 yildan N.V.Savitskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga I.Savitskiyning sa’y-harakati va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy san’at i asarlari negizida asos solingan. Muzeyning umumiy maydoni 6,9 ming kv.m. Muzey xalq amaliy san’at i, qadimiy va o‘rta asrlar Xorazm san’at i, 1920-30-yillar o‘zbek va rus tasviriy san’at i, qoraqalpoq zamonaviy rang-tasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma'rifiy bo‘limlar, kutubxona (10 ming dona asar), fond hamda ta'mirlash usta-xonasiga ega. Fondida 85 mingdan ortiq eksponat mavjud (2004).
Muzey fondida 1920- 30-yillarda avangard rassomlar yaratgan asarlar to‘plangan. Qoraqalpoq xalq ustalari tomonidan yaratilgan zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, kashtado‘zlik, to‘qimachilik (ayniqsa, o‘tov jihozlari) va boshqa asarlar amaliy san’at bo‘limida jamlangan.
Qadimiy Xorazm san’ati bo‘limi muzeyning arxeologik guruhlari tomonidan qo‘lga kiritilgan topilmalar hisobiga yanada boyimoqda. Tasviriy san’at bo‘limi to‘plami, ayniqsa, serqirra: to‘plamni qoraqalpoq rassomlari (I.Savitskiy, K.Soipov, J. Quttimurodov, D.To‘raniyozov va b.), O‘rta Osiyo rassomligining keksa avlodi A.Volkov, M.Qurzin, A.Nikolayev (Us to Mo‘min), N.Karaxan, O‘.Tansiqboyev va boshqaning katta ahamiyatga ega asarlari tashkil etadi. Shuningdek, 1920-30-yillarda faol ijod etgan rus rassomlari A.Shevchenko, R.Falk, V.Muxina, I.Grabar asarlari bilan bir qatorda ijodi deyarli o‘rganilmagan.R.Mazel, K.Redko, A.Safronov va boshqaning asarlari ham qo‘yilgan.
Muzey eksponatlari monografiya (etyud, chizgidan tortib to yetuk asarlar) tartibida to‘plangani bilan ham qimmatlidir. Yana muzeyning o‘ziga xosligi eksponatlarning zich joylanishi, ekspozitsiyalarda to‘plamni to‘laqonli namoyishiga erishganidadir. Muzey san’at asarlarini to‘plash, targ‘ib etish, kataloglar chop etish, ko‘rgazmalar tashkil qilish bilan shug‘ullanadi. Muzey qoshida gilamchilik ustaxonasi ishlab turibdi; «Nukus muzeyining do‘stlari» klubi faoliyat olib boradi, ko‘rgazmalar uyushtiradi. Muzey Xalqaro muzeylar qo‘mitasi(IKOM) a'zosi.
Muzey 1968-69 yillarda Moskvadagi Sharq muzeyida Qoraqalpoq to‘plamini ilk bor namoyish etdi. 1970 yildan respublika va xorijiy mamlakatlar (AQSH, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Rossiya va b.)dagi ko‘rgazmalarda ishtirok etadi.
- I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyiga sayohat
- Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi
SADRIDDIN AYNIY UY-MUZEYI
Sadriddin Ayniy uy-muzeyi Samarqand shahrida joylashgan. Ushbu uy-muzeyi atoqli o‘zbek va tojik yozuvchisi, tarjimon va adabiyotshunos olim Sadriddin Ayniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. Bu uyda Ayniy 1917-yildan oʻtgan asrning 50-yillari boshlarigacha yashagan. Uy-muzey hozirgacha faoliyat koʻrsatmoqda. Muzey har kuni soat 9:00 dan 20:00 gacha ochiq.
Sadriddin Ayniyning sobiq uyi eski shahar markazida, Registon ko‘chasida, Registon maydoni va ansambli hamda Amir Temur maqbarasidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan. Yo‘l yoqasida, uy oldida “Shoirlar xiyoboni” maydoni va Mirzo Ulug‘bek nomidagi 2-umumta’lim maktabi joylashgan. Bu xonadonda Sadriddin Ayniy 1917-yilda Buxoro amiri Said Olimxon ta’qibidan yashirinib yurgan kezlari yashgan. Umuman olganda, Ayniy bu uyda deyarli 35 yil, 50-yillarning boshigacha yashadi. Uy ikki qismga boʻlingan boʻlib, birinchi qismi XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida, ikkinchi qismi esa 1930-yillarda Ayniyning oʻzi va uning doʻstlari tomonidan qurilgan.
1967-yilda O‘zbekiston rahbari Sharof Rashidov tashabbusi bilan Ayniy uy-muzeyi ochildi.
Uy-muzeyda Sadriddin Ayniyning yashash xonalari va ikkita ish xonasi saqlanib qolgan. “Odina”, “Eski maktab”, “Qullar”, “Yatim”, “Muqanna qoʻzgʻoloni” kabi asarlarini aynan shu xonadonda yozgan va unga tojik va oʻzbek adib va adiblari orasida shuhrat keltirgan. Uy-muzeyda sovet va sovet davridan oldingi buyumlar, mebel va buyumlarni, yozuvchining shaxsiy buyumlarini, stolini koʻrishingiz mumkin. “Naqshinkor” (naqshli, boʻyalgan) deb ataladigan bir xonaning burchagida u qishda isingan sandal joylashgan. Qo‘shni dam olish xonasida esa G‘afur G‘ulom, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdullo G‘ani, Mirtemir, Usmon Nosir, Hamid Olimjon kabi mehmonlarni va ba’zan Ayniynikida tunab qolishga keladigan boshqa mashhur shoir va yozuvchilarni qabul qilgan. Uyning hovlisida Ayniyning o‘zi ekkan daraxtlar o‘sib yotibdi, ular orasida: ikkita olma daraxti (yozuvchining sevimli mevasi), shaftoli va uzum bor.
Shuningdek, uyda uning asarlari, yozuvchining ko‘plab tillarda nashr etilgan kitoblari, o‘sha davr gazeta va jurnallarida chop etilgan asl qo‘lyozmalari ko‘rgazmasi tashkil etilgan. Ekspozitsiyadan o‘zbek tilida 8 jildlik, tojik tilida 15 jildlik, rus tilida 6 jildlik, shuningdek, fors va boshqa tillarda bir necha jildlik kitoblar o‘rin olgan. Uzoq vaqt davomida ko‘chada, ya’ni Ayniyning uyi yonida bo‘lgan Sadriddin Ayniy byusti uyning hovlisida o‘rnatilgan. Shuningdek, ushbu uy-muzeyda madaniy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazib turiladi.
Manzil:https://yandex.uz/maps/org/192187916768/?ll=66.972530%2C39.652786&z=17
SAMARQAND XALQARO TINCHLIK VA BIRDAMLIK MUZEYI
Samarqand xalqaro tinchlik va birdamlik muzeyi (Oʻzbekistonning Samarqand shahridagi joylashgan. 1986-yil 31-dekabrda Xalqaro tinchlik yili munosabati bilan tashkil etilgan. Xalqaro tinchlik va birdamlik muzeyi nafaqat Oʻzbekistonda, balki MDH davlatlari hududidagi mazkur yoʻnalishdagi yagona muzeydir. Umuman olganda, dunyoda 46 ta shunday muzey mavjud. Muzey tinchlik va farovonlik uchun dunyoning hamma xalqlari va davlatlarini birlashtirishga daʼvat etadi. 1989-yilda Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligi kollegiyasi qarori bilan muzeyga „Xalq muzeyi“ faxriy unvoni berilgan. Muzey Jenevadagi Xalqaro Tinchlik Byurosi va Xalqaro Tinchlik Muzeylari tarmogʻining aʼzosi.
Muzey tarixi
1977-yilda Samarqandda xalqaro esperanto tili va „Esperanto“ xalqaro doʻstlik klubi koʻrgazmasi tashkil etilgan. Jamiyat esperanto tilidagi xalqaro yozishmalar tufayli koʻplab mamlakatlarda doʻstlar orttirgan. Esperantistlar „Tinchlik – sayyora umidi“ xalqaro koʻrgazmalari munosabati bilan Samarqandga materiallar yuborganlar. Taqdim etilgan eksponatlar – plakatlar, chizmalar, otkritkalar, hujjatlar va boshqalarni tashkil etgan.
Muzey Samarqand shahrining markazida, A.Jomiy koʻchasidagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bogʻi hududida joylashgan. 2005-yilga kelib Muzeyda dunyodagi barcha qitʼalardan keltirilgan 20 mingdan ortiq ashyolar saqlanadi. Samarqand Xalqaro tinchlik va birdamlik muzeyi Samarqand shahridagi „Esperanto“ millatlararo doʻstlik klubi aʼzolari tomonidan tashkil etilgan. „Xalq diplomatiyasi“ning turli xil nodir koʻrgazmalari orasida „Jahon dastxati“ loyihasi alohida oʻrin tutadi. Muzey ashyolari orasida plakatlar, bayroq, rasm, vimpel, gobelen, nishonlar, kitob, videofilm, kompakt-disklar, audiokasseta va boshqa koʻplab eksponatlar mavjud. Shuningdek, jahonning mashhur arboblari, siyosatchilari, jamoat, davlat va madaniyat arboblari, xalqlar va mamlakatlar oʻrtasidagi tinchlik tarafdorlari boʻlgan yozuvchilarning dastxatlaridan iborat katta toʻplam mavjud. 142 nafar Nobel mukofoti sovrindorlarining dastxatlari alohida joylashgan. Muzeyda Nagasaki shahri yadroviy portlash epitsentridan bir kilometr uzoqlikda topilgan uy tomidan yonib ketgan koshin parchalari, „Osvensim“ konslageri yerlari tuprogʻi solingan kapsula, Stalingrad jang maydonidan olingan tuproq solingan kapsula, qulagan Berlin devori qoldiqlari, terrorchilik hujumlari va urushlarda odamlarning hayotiga zomin boʻlgan bomba parchalari va zarralari, Amerikaning Pershing 2 oʻrta masofaga uchuvchi yadro raketalari qismlari, nemis kosmonavti Reynxard Furrerning kosmik suvenirlari; tugʻma nogiron boʻlgan fransuz rassomi Denis Legrining goʻzallik va hayotga muhabbat ruhi bilan chizgan rasmlari, turli jahon va mintaqaviy qurolli toʻqnashuvlar bilan bogʻliq boʻlgan ob’ektlar urush va mojarolarning halokatli oqibatlarini eslatadi. Ekspozitsiyada bolalarning ham koʻplab tasviriy asarlari qoʻyilgan.
Xalqaro muzeylar kengashi tomonidan Parijda fransuz, ingliz va ispan tillarida nashr etiladigan “IKOM News” jurnalining 2000-yildagi birinchi sonida Samarqanddagi Xalqaro tinchlik va birdamlik muzeyi faoliyatiga bagʻishlangan maqola eʼlon qilingan.
MIRZO ULUG‘BEK MEMORIAL MUZEYI
Mirzo Ulugʻbek memorial muzeyi — Oʻrta asrlarda yashab oʻtgan atoqli Oʻrta Osiyo davlat arbobi, matematik, astronom va shoir Mirzo Ulugʻbek va mintaqaning tarixiy astronomiyasiga bagʻishlangan muzey. Samarqandda Ulugʻbek rasadxonasi roʻparasida joylashgan. Muzeyning oʻng tomonida, quyiroqda yulduzli osmon tasvirlangan Ulugʻbek haykali qad rostlab turibdi.
Muzey Oʻzbekistonda Sharof Rashidov davrida 1964-yilda ochilgan. Uning loyiha muallifi arxitektor A.Boboxonov sanaladi. 2010-yilda Ulugʻbek rasadxonasi, muzey va yaqin atrofdagi tarixiy obidalarni keng koʻlamli kapital taʼmirlash va qayta tiklash ishlari amalga oshirildi.
Muzey Mirzo Ulugʻbek hayoti va ijodi, ilmiy izlanishlari, oʻsha davr astronomiya va matematikasi haqida hikoya qiladi. Bundan tashqari muzeyda tarixiy astronomiya va riyoziyot asbob-uskunalari, asboblarini koʻzdan kechirish mumkin. Mazkur muzeyda tarixiy kitoblar hamda qoʻlyozmalar, rasadxona va uning atrofidagi hududlar xarobalari, jumladan Afrosiyobdan topilgan eksponatlar, Samarqand va Oʻzbekistonning boshqa bir qator meʼmoriy yodgorliklarining kichraytirilgan maketlari, jumladan Buxoro va Shahrisabzning ayrim meʼmoriy yodgorliklari va boshqa eksponatlarni tomosha qilishingiz mumkin.
MIRZO ULUG‘BEK RASADXONASI
Ulugʻbek rasadxonasi – Samarqanddagi XV asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri, koʻhna astronomik kuzatuv muassasasi. 1420-yillarda temuriylar davri astronomi Ulugʻbek tomonidan barpo etilgan. Rasadxonada Al-Koshiy, Ali Qushchi va Ulugʻbek kabi musulmon astronomlar ishlagan. Rasadxona 1449-yilda vayron qilingan va 1908-yilda qayta kashf etilgan.
Rasadxona tarixi
Rasadxona bunyodkori Muhammad Taragʻay Ulugʻbek Amir Temurning nevarasidir. U bobosi vafotidan 11 yil avval, yaʼni, 1394-yilda tugʻilgan. Shahzodaning ustozlari yozuvchi va faylasuf Orif Ozariy va buyuk matematik Qozizoda Rumiy boʻlib, keyinchalik rasadxona faoliyatida ularning ham xizmatlari katta. Ulugʻbek bolaligida qobiliyatli va matematika faniga qiziqishi baland edi. 1409-yilda Samarqand hukmdori boʻlgan Ulugʻbek ilm-fanni rivojlantirishga harakat qildi va oradan 10 yil oʻtib oʻzining orzusi – rasadxona tashkil etishni amalga oshira boshladi. Ulugʻbek Qozizoda Rumiyni bu katta ishdagi maslahatchisi deb biladi. "Ustoz koʻmagi va yordami bilan, – deb yozadi u – ilm bayrogʻini koʻtargan, haqiqat va izlanish yoʻlini koʻrsatgan buyuk olim Qozizoda Rumiy rasadxona tashkil etishga kirishdi.
Rasadxona oʻziga xos turdagi bino boʻlib, uning qurilishida asosiy rol meʼmorga emas, balki binoga oʻrnatilgan asboblarning joylashuvi va hajmini aniqlagan olimlarga, yaʼni Ulugʻbek va Rumiyga tegishli boʻlgan. Aytish kerakki, ular qabul qilgan qarorlar oʻsha davr taqozosiga koʻra dadil qadamlar edi. Qurilish taxminan uch yil davom etdi. 1428—1429-yillarda rasadxona binosi tayyor holga keldi. Asboblarni oʻrnatish va moslashtirish boshlandi. Buni Ulugʻbekning iltimosiga koʻra, koshonlik astronom va mohir matematik Jamshid al-Koshiy (1373—1430) amalga oshirdi.
Rasadxonaning ilmiy dasturi kamida 30 yilga moʻljallangan (Saturnning orbital davri). Davlat ishlari Ulugʻbekning rasadxonada uzoq vaqt faoliyat yuritishiga imkon bermadi. Rasadxonaga 60 dan ortiq matematik va astronom taklif qilingan. Rasadxona tashkil etilgandan soʻng unga oʻn yil davomida Jamshid al-Koshiy rahbarlik qilgan. Uning vafotidan keyin bu lavozimni yetmish yoshli Qozizoda Rumiy egalladi. Ammo oradan olti yil oʻtib, 1436-yilda Rumiy ham vafot etadi. Shundan soʻng rasadxona boshqaruvi Ali Qushchi qoʻliga oʻtadi. Samarqand rasadxonasi astronomlar va matematiklarning yangi kashfiyotlar topishda hamkorlik qiladigan maskani boʻlgan.
Sovetlar hukmronligi davrida 1449-yilda Ulugʻbek oʻldirilganidan soʻng rasadxona faoliyati toʻxtab, bino diniy aqidaparastlar tomonidan vayron qilingani haqida xato maʼlumotlar berilgan. Ulugʻbekdan soʻng rasadxona uning shogirdi Ali Qushchi rahbarligida yigirma yil faoliyat yuritgan. Faqat 1469-yilda Samarqand hukmdori Abu Said Gʻarbiy Eronga qarshi yurishda vafot etgach, olimlar obod Hirotga koʻcha boshlaydilar. Shunday qilib, Ali Qushchi shogirdlari bilan rasadxonani tashlab, Hirotga koʻchib oʻtishga majbur boʻladi. Hirotda Husayn Boyqaroning vaziri, sharqning atoqli shoiri va temuriylar Xurosonining davlat arbobi Alisher Navoiy olimlar, mutafakkirlar, rassomlar, musiqachilar va shoirlarga homiylik va moddiy yordam koʻrsatgan. Tez orada samarqandlik astronom Ali Qushchi Konstantinopolga taklif qilindi. U yerda rasadxona ishlari faoliyatiga doir kitoblar nashr ettiradi. Ulugʻbek rasadxonasida tuzilgan astronomik jadvallar sharqda munosib shuhrat qozongan va uzoq vaqt davomida tengsizligicha qolgan. Yevropada ushbu jadvallar haqida maʼlumotlar birinchi marta 1650-yilda nashr etilgan.
Rasadxona binosi Ulugʻbek vafotidan soʻng, uzoq yillar qad rostlab turgan, astronomik tadqiqotlar Samarqandda yana yetmish besh yil davom etgan. XVI asr oxirida Samarqand aholisi rasadxona gʻishtlarini koʻchirib olganlar. Rasadxona arxitekturasining tafsilotlari topilmalari bunga dalildir.
Manzili: https://goo.gl/maps/8JPa21prK1hk4kEo6
ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN NOMIDAGI SAMARQAND VILOYAT AXBOROT-RESURS MARKAZI
Samarqand viloyat kutubxonasi 1911-yil dekabrda ochilgan. Kutubxona tashkilotchilari va tashabbuskorlari mashhur arxeolog Vyatkin V.L. polkovnik Brjeziskiy agronom Grushanovskiy, Y. M. Volnev va boshqalar bo‘lgan. 1937-yilda buyuk rus shoiri A. S. Pushkin vafotining 100 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan kutubxonaga A. S. Pushkin nomli Davlat kutubxonasi nomi berildi. Hozirgi vaqtda A. S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat universal ilmiy kutubxona mintaqasida axborot-kutubxona texnologiyalarini demokratlashtirish va isloh qilish jarayonlarini ta’minlash markazi hisoblanadi.
Hozirgi kunda axborot-kutubxona markazida 7 bo‘lim va 7 sektor o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.
AKM bo‘limlari:
- Ilmiy-uslubiyat bo‘limi;
- Axborot-kutubxona hujjatlarini butlash bo‘limi;
- Axborot-kutubxona hujjatlarini tizimlash va kataloglashtirish bo‘limi;
- Axborot-bibliografiya bo‘limi;
- Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi;
- Axborot texnologiyalar bo‘limi;
- Axborot-kutubxona hujjatlarini saqlash bo‘limi.
AKM sektorlari:
- Yig‘ma elektron katalog sektori;
- Axborot o‘lkashunoslik sektori;
- Huquqiy axborot sektori;
- Umumiy o‘quv zali sektori;
- Kompyuter zali sektori (Elektron o‘quv zali sektori);
- Ma’naviyat-ma’rifat va yoshlar bilan ishlash sektori;
- Abonement sektori.
Ish tartibi: Dushanbadan – Shanba kunlari 9.00 dan 18.00 gacha
Dam olish kunlari: Yakshanba
Web-sayt: samarkand.natlib.uz, libsamarkand.uz
Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 21-uy
Telefon:(998 66) 239-83-60
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY UY MUZEYI
Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-sonli qarori asosida 2021-yilning 18-oktyabr kuni tashkil qilingan.
Muzeyning ochilish marosimi 18-oktyabr - Samarqand shahri kunida oʻtkazilgan.
So‘nggi yillarida Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasini abadiylashtirish, uning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda keng jamoatchilikka targ‘ib etish imkoni tug‘ildi. Bu esa zamon talablariga g‘oyaviy, ilmiy va badiiy jihatdan yangi muzey ekspozitsiyasini yaratish zarurligini anglatdi. Uy-muzeyi mashhur ma’rifatparvar, dramaturg, jurnalist va noshir hisoblangan Mahmudxo‘ja Behbudiyning ijodiy faoliyatini ilmiy o‘rganish va keng targ‘ib etishda ilmiy-ma’rifiy maskanlardan biri hisoblanadi.
Muzeyda qurilgan ekspozisiyalar ilmiy konsepsiyaga asoslangan bo‘lib, unda M.Behbudiy hayoti va ijodi, jadidchilik tarixi, XX asr boshlaridagi madaniy-ma’rifiy voqeliklar, muzey ashyolari, xujjatlar, foto nushalar va boshqa ashyolar namoyish etilgan.
Muzey uchun ajratilgan bino Samarqand shahri Mir Said Baraka ko‘chasi 47-uyda joylashgan boʻlib, binoning umumiy maydoni qariyb 860 m kv.ga teng, shundan 128 m kv.ni ekspozitsiya maydoni tashkil etadi. Binoning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, doimiy ekspozitsiyalar va uy intererlari tashkil etiladigan joylarga belgilandi.
Ekspozitsiyani tashkil qilishdagi asosiy vazifalar XIX asr oxiri XX asr boshlarida Samarqandda shakllangan jadidchilik oqimini o‘rni va ahamiyatini ochib berish; Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayotiy prinsiplarni yoshlarimizga ibrat namunasi qilib ko‘rsatish; O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlarga mazkur ekspozitsiya orqali ma’lumotlar berib borish va ularning bu sohadagi fikr-mulohazalarini ijobiy tomonga o‘zgarishiga ta’sir etish.
Ekspozitsiyada muzey jamlanmasi ashyolaridan kelib chiqqan holda, Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodi, XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi madaniy va ijtimoiy davr bilan bog‘liq intere yaratilgan.
Maxmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar, ijodxonasi intereri, Behbudiyning zamondoshlari, safdoshlari va shogirdlari, noshirlik dastgohi, foydalangan ashyolar, xalq oynasi (“Oyna” jurnali, “Samarqand” gazetalari ilk sonlari namoyishi) ekspozitsiyada planshetlar va vitrinalarda namoyish etilgan.
Ekspozitsiya muzey jamlanmasida saqlanayotgan va tashqaridan to‘planadigan muzey ashyolarining asl nusxasini, xalqimiz boy madaniy muhitini o‘ziga mujassamlashtirgan etnografik, qo‘lyozmalar, kitoblar, audioyozuvlar, videoyozuvlar, fotohujjatlar va boshqa ashyolarini namoyish qilish orqali yaratilgan. Shuningdek, ekspozitsiyada asl muzey ashyolaridan tashqari, muzey ashyolarining nusxalari, ekspozitsiya uchun maxsus tayyorlangan maketlar, modellar, nusxalar va ilmiy yordamchi materiallar (xarita–sxemalar, aksionometriyalar, diagrammalar, tablitsalar, filmlar) namoyish etilgan.
- Mahmudxo‘ja Behbudiy uy muzeyi
- Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi
ABDULLA QAHHOR UY MUZEYI
Abdulla Qahhor uy-muzeyi– adabiy memorial muzey. 1958 – 68-yillarda yozuvchi Abdulla Qahhor yashagan va ishlagan uyda 1987-yil 6-mayda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 191-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Uy-muzey 4 ta xona va asosiy kirish yo‘lagidan tashkil topgan. Muzey fondida 5035 ta eksponat bor. Ularning ichida kitob, hujjat, magnitofon yozuvlari, qo‘lyozma, fotosuratlar bor. Ekspozitsiya (memorial qismi) 2 xonadan iborat bo‘lib, unda yozuvchining ish kabineti, kutubxonasi va mehmonxonasi aks ettirilgan.
Muzeyning Abdulla Qahhor hayoti, ijodi, merosi nomli bo‘limlari mavjud. Uning 1-bo‘limida adib hayotining turli bosqichlari, muhim voqealari haqida hikoya qilinadi. 2-bo‘limda adibning jurnalistik faoliyati va ijodining ilk davrlariga tegishli hikoya, feletonlarning qo‘lyozmalari, ular e’lon qilingan vaqtli matbuot nashrlari qo‘yilgan. 3-bo‘lim ekspozitsiyasidan adibga hurmat va ehtirom namunasi sifatida berilgan tuhfalar, mukofotlar (jumladan, “ Buyuk xizmatlari uchun” ordeni), diplom, esdalik buyumlari joy olgan.
Muzey bilan bog‘lanish: +998 (71) 256-08-04
Manzil: Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy ko‘chasi, 26/1
OYBEK UY MUZEYI
Oybek uy muzeyi — adabiy memorial muzey. Muzey Oybek 1940 – 1968 yillarda yashagan va ishlagan uyda 1980-yilda ochilgan. Muzey hovlisida yozuvchiga meʼmor T.Jalolova, haykaltarosh I.Klinitskiy tomonidan haykal oʻrnatilgan. 2005- yilda Oybek tavalludining 100 yilligi munosabati bilan muzey ekspozitsiyasi yangilangan.
Ekspozitsiya adabiy va memorial qismdan iborat. Adabiy qismda “Kirish”, “Bolalik”, “Qutlugʻqon”, “Navoiy”, “Abadiyat va umr” deb nomlangan 5 ta asosiy zal, ish kabineti va Saidnosir (Zarifa Saidnosirovaning otasi, jadidlardan) otaga bagʻishlangan boʻlim bor.
Memorial qism esa mehmonxona, ish kabineti, kutubxona, yotoqxona va muzey fondi saqlanadigan xonalarni tashkil etadi. Muzeyda 10 mingdan ortiq eksponat saqlanadi. Ular, asosan, qoʻlyozmalar, fotosuratlar, uy jihozlari, turli sanʼat asarlari va buyumlardan iborat.
Muzey bilan bog‘lanish: +998 (71) 2480900
Manzil: Yunusobod tumani, 1-tor Iftixor ko‘chasi, 26.
QATAGʻON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYI
Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi chor va sovet hokimiyati davrida vatan ozodligi yoʻlidagi faoliyati hamda xatti-harakati uchun qatagʻon etilgan vatandoshlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil qilingan. Muzeyning ilmiy-tematik ekspozitsiyasi 7 boʻlimdan iborat. Bular:
- XIX asrning oʻrtalarida Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va unga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari;
- Turkiston muxtoriyatining tugatilishi va 20-yillardagi qatagʻon;
- “Quloqlashtirish” kompaniyasi (30-yillar);
- 30-yillardagi qatagʻon;
- 40–50-yillardagi qatagʻon;
- 80-yillardagi qatagʻon (“Paxta ishi”);
- Mustaqil Oʻzbekistonda qatagʻon qurbonlari xotirasining eʼzozlanishi.
Muzey Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 1-maydagi “Qatagʻon qurbonlarini xotirlash kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qatagʻon qurbonlarini xotirlash kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
2002-yil 8-noyabr “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi”ning ahamiyatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-maydagi qaroriga muvofiq muzey ekspozitsiyasi yangilandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 31-avgust kuni Qatagʻon qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan muzeyga tashrifi chogʻida bildirgan taklif va mulohazalari Vazirlar Mahkamasi qarorining asosini tashkil etadi. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyini va oliy taʼlim muassasalari huzurida Qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan viloyat muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni qabul qildi. Mazkur qarorga asosan muzey Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi departamenti tasarrufiga oʻtkazildi hamda uning faoliyati kengaytirildi va takomillashtirildi.
Muzey XX asrning 20-yillari boshidan 30-yillari oxirigacha qatagʻon qilingan odamlarni ommaviy qatl qilingan joyda joylashgan. Dastlab, muzey binosi 400 m2 maydonga ega bitta koʻrgazma zali va bir gumbazli boʻlgan. Koʻrgazma 6 ta boʻlimdan iborat edi.
Hozirgi bino 2 gumbazli boʻlib, 3 ta zaldan iborat.
Koʻrgazmaning umumiy maydoni 960 m2 ni tashkil qiladi. Ayvon (teras) 640 m2 ni, podval 1568 m2 ni tashkil etadi.
Yangilangan muzey koʻrgazmasi 10 ta boʻlimdan iborat.
Muzeyning asosiy vazifalariga qatagʻonchilik siyosatining paydo boʻlish sabablari va oqibatlarini tadqiq etish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish, mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi otabobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bogʻliq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish va targʻib etish, qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini oʻrganish, ilmiy-ijodiy merosini toʻplash, nashrga tayyorlash va chop etish, muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqalar eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitib borish kiradi. Muzey “Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda “Qishloq fojiasi” (R. Shamsutdinov), “Abdulla Qodiriy” (S. Mirvaliyev), “Choʻlpon” (N. Karimov) tadqiqotlari, Munavvarqori Abdurashidxonov va Botuning “Tanlangan asarlar”ini nashr etgan. Bundan tashqari, Oʻzbekiston hujjatli va badiiy filmlar kinostudiyasi hamda “Oʻzbektelefilm” studiyasi bilan hamkorlikda “Barhayot xotira”, “Armonli yillar koʻzgusi”, “Fidoyi olim”, “Mirtemir” singari hujjatli filmlar yaratgan.
Muzey binosi mamlakatimizning noyob meʼmoriy inshootlaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi va gʻoyasi asosida loyihalangan va bunyod etilgan (2002-yil, meʼmori A.Turdiyev va boshqalar). Bino anʼanaviy meʼmorlik uslubi (ayvon, gumbaz, peshayvon, ravoq va boshqalar)da qurilib, milliy bezaklar bilan ziynatlangan. Muzey binosi murabba tarhli (20x20 m), balandligi 20 m, gumbazli (balandligi 6,2 m, diametri 5,8 m; feruza rang gumbazi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuidagi ayvon gumbazi bilan uygʻun), bino atrofi kengligi 4 m boʻlgan ochiq ayvon bilan oʻralgan, undagi 28 ta ustun va toʻsinlar hamda 4 tarafdagi kirish zinapoyalari binoga oʻziga xos salobat baxsh etadi. Binoning pastki qismida texnikmuhandislik, maʼmuriyat va boshqalar qoʻshimcha xonalar joylashgan, ular koʻrgazma zali bilan maxsus yoʻlak va zinapoyalar orqali uzviy bogʻlanadi. Bino bezagida marmar, haqiq, granit toshlar, rangli koshinlardan foydalanilgan, yogʻoch oʻymakorligi (A. Abdullayev, S. Rahmatullayev, N. Sohibnazarov va boshqalar), ganchkorlik (M. Murodov va boshqalar), naqqoshlik (A. Karimov va boshqalar), koshinkorlik (M. Mamajonov, R. Muhammadjonov, M. Shedrin, V. Gan va boshqalar), gumbazning ichki bezagida murakkab iroqi muqarnas mahorat bilan qoʻllanilgan.
Muzey bilan bog‘lanish: +998 (71) 244-73-31
Muzey manzili: Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, “Shahidlar xotirasi” maydoni.
TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYI
Temuriylar tarixi davlat muzeyi – Toshkent markazida Amir Temur va u asos solgan sulola vakillari davridagi Oʻrta Osiyo tarixiga bagʻishlangan muzey. Muzey Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat noyob ilmiy obyektlari roʻyxati”ga kiritilgan. Muzeyda Temur va Temuriylar sulolasi davriga oid 5 mingdan ortiq eksponatlar mavjud.
Muzey tarixi
Temuriylar tarixi davlat muzeyi Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1996-yilda Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash sharafiga qurildi. 2006-yilda muzeyning oʻn yilligi munosabati bilan “Temuriylar tarixi davlat muzeyiga 10 yil” koʻrgazmasi ochildi. 2007–2011-yillarda „Oʻzbekistonda va xorijdagi temuriylar davri yozma yodgorliklarini oʻrganish“ fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi amalga oshirilib, uning doirasida Amir Temur va temuriylar davri qoʻlyozmalariga oid materiallar va maʼlumotlar toʻplangan.
Muzey ekspozitsiyasi
Muzeyning markaziy eksponatlari – Qur’on Usmon (Samarqand Kufiy Qur’oni) nusxasi va uning asli, shuningdek, Amir Temur hayotiga bagʻishlangan panno Hazrati Imom ansambli tarkibiga kiruvchi Moʻyi Muborak madrasasida saqlanadi. Pannoda miniatyura uslubida ishlangan boʻlib, sarkarda Amir Temur hayotining turli manzaralari aks ettirilgan. Pannoda Amir Temurning tugʻilganidan to vafotigacha boʻlgan hayoti tasvirlangan.
Oʻzbekiston Milliy agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2014-yil oktabr oyida muzey fondi 5 mingdan ortiq eksponatdan iborat edi. Amir Temur va temuriylar davriga oid qoʻlyozmalar, Amir Temur gerbi tasvirlangan kumush va mis tangalar, shuningdek, temuriylar sulolasi vakillarining zarb qilingan nomlari, sopol va mis buyumlar, etnografik ahamiyatga ega boʻlgan buyumlar, qurol-yarogʻlar, kiyim-kechaklar shular jumlasidandir. Harbiy boshliqlar va oddiy askarlarning jangchilari, zargarlik buyumlari, cholgʻu asboblari, Ulugʻbekning astronomik asboblari va temuriylar davriga oid boshqa koʻplab madaniy qadriyatlar mavjud. Temuriylar davrining turli buyumlari, ularga 600 yildan ortiq qoʻllanilgan naqsh va ranglar oʻzining asl qiyofasini saqlab qolgan.
Muzey eksponatlari tarixiy ahamiyatga ega boʻlib, Amir Temur nafaqat davlat arbobi, balki ilm-fan, sanʼat va madaniyat, hunarmandchilik, maʼnaviyat va maʼrifat homiysi boʻlganidan dalolat beradi.
Muzey bilan bog‘lanish: +998 (71) 232-02-13
Muzey manzili: Yunusobod tumani, Amir Temur xiyoboni oldida
O‘ROL TANSIQBOYEV UY MUZEYI
Oʻrol Tansiqboyev memorial uy-muzeyi 1981-yil 16-yanvarda Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi filiali sifatida ochilgan. Uning asoschisi va birinchi direktori Oʻrol Tansiqboyevning ayoli Yelizaveta Yakovlevna boʻlgan.
1994-yil Oʻrol Tansiqboyevning 90 yilligi munosabati bilan muzey qoshida koʻrgazmalar zali ham tashkil etildi.
Ushbu memorial uy-muzey faoliyati Oʻzbekiston tasviriy boy sanʼatini Xalq rassomi, akademik Oʻrol Tansiqboyev hayoti va ijodi sifatida oʻrganish, saqlash, ommalashtirish, namoyish etishga qaratilgan. Muzeyning koʻrgazmalar zalida shaxsiy va guruh koʻrgazmalarini oʻtkazishdan iborat. Bundan tashqari, muzeyning asosiy vazifalaridan biri tasviriy sanʼat mutaxassislariga ilmiy-uslubiy yordam berish, muzey arxivi asosida oʻquv muassasalari uslubiy xonalarni tashkil etishdir.
Mazkur muzeyga quyidagi binolar kiradi:
- asosiy bino – memorial qism (ikki qavatli kottej), rassom umrining oxirgi 7 yili ushbu binoda oʻtkazgan;
- maʼmuriy binolar (maʼruzalar zali);
- rassomning 90 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilgan jamgʻarmalar saqlanadigan ikki qavatli koʻrgazmalar zali (galereya).
Rassom oʻzi yaratgan, muzeyni oʻrab turgan bogʻ ham memorial sanaladi.Mana ko‘p yillardirki, shaharning ko‘p qavatli binolari shovqin-suronli hovlisida taniqli xalq rassomi O‘rol Tansiqboyevning uy-muzeyi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur xotira uy-muzeyi 1981-yilda ochilgan bo‘lib, ustaxona, mehmonxona, yotoqxona, ishxona, ayvon hamda turfaxil gullar va o‘simliklar ko‘rinib turgan peshayvonni o‘z ichiga olgan.
Bugungi kunda muzey ekspozitsiyasida rassom qalamiga mansub 400 dan ortiq asarlar mavjud. Mazkur uyda buyuk rassom yashab o‘tgani xotirasiga 1976-yilda xotira-ustaxonasi ochilgan. Unda rassom ijod namunalari ekspozitsiyasi, rassom hayoti va ijodiga oid hujjatli materiallar, molbert, bo‘yoqlar uchun stolchalar, fotohujjatlar va musavvirning chet el muzeylarida saqlanayotgan asarlaridan nusxalar bor.
Muzey bilan bog‘lanish: +998 (71) 262-33-76
Muzey manzili: Mizo Ulug‘bek tumani, Burxonov mavzesi
SERGEY YESENIN UY MUZEYI
Mashhur rus shoiri Sergey Yesenin 1921-yil 13-maydan 3-iyunga qadar Toshkentda shoir doʻsti Aleksandr Shiryavsevning uyida mehmon boʻlib turgan. Shoir Toshkentdaligida bir necha bor Toshkent shoirlar uyushmasiga tashrif buyurgan va kitoblarini sotuvga qoldirib ketgan. Shuningdek, shoirning Toshkentning eski shahar qismidagi choyxonalarida ham boʻlganligini F.Lixoletovning qaydnomalaridan oʻqish mumkin.
Muzey 1981-yil 10-iyul kuni Sergey Yeseninning muxlislari tashabbusi va davlat tomonidan koʻrsatilgan yordam hamda qilingan xayr-ehsonlar ortidan ochilgan. Dastlab muzey “Xalq muzeyi” maqomiga ega boʻlgan, keyinchalik uning asosida 1988-yil 6-dekabrdan davlat adabiy muzeyi ochilgan. Muzeyda 3000 dan ortiq eksponatlar mavjud boʻlib, ular Sergey Yeseninning 1921-yilda Toshkent va Samarqandga qilgan sayohati bilan bogʻliqdir. Muzeyni tashkil etish tashabbuskorlaridan biri oʻzbek raqqosasi Tamaraxonim boʻlgan.
Muzeyda Sergey Yeseninning avtograflari, uning kamyob asarlari, suratlari, shuningdek, shoirning ovozi yozib olingan gramplastinkalar saqlanib kelinadi. Bundan tashqari Sergey Yeseninning doʻsti Shiryavsev fondi materiallaridan asosida “Yesenin va biz” ekspozitsiyasi tashkil etilgan. 1942-yildan boshlab Toshkentda shoirning qizi, jurnalist va yozuvchi Tatyana Yesenina yashay boshlagan. Tatyana Yesenina Toshkentda 50 yil davomida istiqomat qilgan va “Pravda Vostoka” gazetasida ishlagan.
Seryey Yesenin muzeyi ochilganda otasining hayoti, ijodiga oid noyob eksponatlarni muzeyga taqdim etgan. Muzeyda Sergey Yesenning Erkin Vohidov va boshqa ijodkorlar tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan kitob nusxalari, shuningdek, boshqa tillardagi kitoblari ham mavjud.
Muzey bilan bog‘lanish: +998 (71) 237-11-79
Muzey manzili: Yunusobod tumani, Qori Niyoziy ko‘chasi, 20-uy
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI DAVLAT ADABIYOT MUZEYI
Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi – madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa. 1940-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan Respublika koʻrgazmasi tariqasida tashkil topgan. 1944 – 1968 yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti boʻlimi, 1968 – 1978 yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Adabiyot muzeyi, 1978 – 1991 yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Hamid Sulaymonov nomidagi Qoʻlyozmalar institutining muzey boʻlimi, 1991-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi sifatida faoliyat yuritadi.
Muzey ekspozitsiyasi 40 xonaga joylashgan, 8 boʻlimdan iborat. Jamlanmasida qariyb 34 ming koʻrgazma bor. Muzeyda oʻzbek adabiyotiga oid asarlar, qoʻlyozma va toshbosma kitoblar, xalq hofizlarining ovoz yozuvlari, naqqoshlik sanʼatiga doir koʻrgazmalar, X asrga oid sopol buyumlar mavjud. Muzey koʻrgazmalari temuriylar davri ekspozitsiyasi bilan, oʻzbek adabiyoti tarixi ekspozitsiyalari esa Alisher Navoiy ijodidan boshlangan: „Xamsa“ning qoʻlyozma, foto va koʻchirilgan nusxalari, dostonlarga ishlangan miniatyuralar, rasm va bezaklar, shoir hayotiga oid portretlar, haykallar, xarita, kitob, har xil sovgʻa va albomlar, lagan, koʻzachalar bor. 1968-yilda buxorolik 14 qiz tomonidan Navoiy, Farhod va Shirin, Layli va Majnun rasmlari zar bilan to‘qilgan gilam muzeyga alohida koʻrk bagʻishlaydi. Jomiy xonasiga shoir asarlarining turli davrda ko‘chirilgan nusxalari qoʻyilgan. Muzeyning boshqa xonadagi koʻrgazmalari orasida Hofiz, Nizomiy, Firdavsiy, Xusrav Dehlaviylarning bir qancha qoʻlyozmalari bor. Bobur hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi koʻrgazmalar ichida „Bobur haykali“ (haykaltarosh A. Grishchenko, 1968) alohida oʻrin tutadi. Muzeyda Zebunniso, Turdi, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna va boshqa sheʼrlardan namunalar, qoʻlyozmalar va asarlariga ishlangan tasvirlar bor. Muzeyning hozirgi zamon ada-biyotiga bagʻishlangan xonalariga “XX asr oʻzbek adabiyoti”, “Istiqlol davri oʻzbek adabiyoti” ekspozitsiyalari joylashtirilgan. 200 dan ortiq oʻzbek shoir va yozuvchilari ijodiy yoʻlini yorituvchi koʻrgazmalar qoʻyilgan.
Muzey bilan bog‘lanish: +998 (71) 244-00-61
Muzey manzili: Shayxontohur tumani, Navoiy xiyoboni, 69-uy
- Abdulla Qahhor uy muzeyi
- Oybek uy muzeyi
- Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi
- Temuriylar tarixi davlat muzeyi
- O‘rol Tansiqboyev uy muzeyi
- Alisher Navoiy davlat muzeyi